
19-noyabr kuni “O’zbekiston Qayta Sug’urta Kompaniyasi” mutaxassislari “INSUR Asia 2026. Yevroosiyo insurtexi: sug’urtani o’zgartirayotgan texnologiyalar” forumida ishtirok etadi.
Forum Toshkentda FINNEXT Asia 2026 xalqaro moliyaviy forumi doirasida sug’urta yo’nalishi sifatida o’tadi. Asosiy mavzu: 2030-yilga borib Yevroosiyo sug’urta sohasi qanday bo’ladi. Bunga transchegaraviy raqamli infratuzilmani yaratish, AI-native sug’urtachilarga o’tish va hamkorlik ekotizimlarini rivojlantirish kiradi.
🔹 Dastur:
InsurTech Eurasia 2030. Yangi avlod sug’urta bozorining raqamli infratuzilmasi, regulyator “qum qutilari”, davlat API’lari orqali integratsiya, takaful uchun raqamli infratuzilma.
Excel’dan AI’gacha. Anderraytingda va zararlarni masofadan tartibga solishda algoritmlar hamda computer vision, generativ AI asosidagi antifrod, qishloq xo’jaligi uchun sun’iy yo’ldosh ma’lumotlari, texnologiyalar ROI’sini hisoblash.
Embedded, LifeTech va raqamli savdo. Bank va e-commerce ekotizimlarida sug’urta, telemeditsina va LifeTech servislari, agentlik tarmog’ining gibrid maslahat modeliga o’tishi.
Русский
O‘zbekcha
English